Britaniya parlamenti Suriyaga qarshi ehtimoliy hujum taklifiga rozi bo‘lmadi

Image copyright bbc
Image caption Britaniya parlamenti Suriyaga harbiy hujumni yoqlamadi

Britaniya parlamenti a‘zolari Bashar Al Assad rejimini kimyoviy qurollardan foydalanishining oldini olish uchun ehtimoliy harbiy hujum rejasiga qarshi ovoz berishdi.

Hukumat taklifiga qarshi ovozlar soni 285, yoqlaganlar esa 272 nafar bo‘lgan.

13 ovoz bilan farqlangan ko‘pchilik Suriyaga qarshi ehtimoliy harbiy hujumni rad etgan.

Bosh vazir Devid Kameron Britaniya parlamenti Suriyaga doir harbiy choraga qarshi ekanligini e‘tirof etar ekan, "hukumat ana shu ovoz berish natijasiga monand" ish ko‘rishini aytgan.

Ayni ovoz berish Amerika boshchiligida Bashir Al Assad rejimiga qarshi har qanday harbiy amaliyotda Britaniya ishtirokini rad etadi.

Bu ovoz berish natijasi Devid Kameron hukumatiga zarba deb ko‘rilmoqda.

Ammo Britaniya parlamenti a‘zolari agar BMT mutaxassislari kimyoviy qurol ishlatilgan deb xulosa qilgan taqdirda ham harbiy aralashuvga qarshi chiqishlari kutilmagan voqeilik deb ko‘rilmoqda.