Shukrullo: Islom Abdug‘aniyevich, sizga xalq dardini aytib turaman

Image copyright rustam shagayev

O‘zbekiston mustaqillikning 22-sanasini nishonlamoqda.

31 avgust kuni Toshkentning Alisher Navoyi bog‘ida o‘tgan rasmiy tantanada Prezident Islom Karimov odatdagidek mustaqillik yillarida O‘zbekiston erishgan yutuqlarni birma-bir sanab o‘tgan va mamlakat demokratik, huquqiy davlat qurish yo‘lidan og‘ishmay borayotganini urg‘ulagan.

Prezident Karimov o‘zbekistonliklarni yana bir bor hushyorlikka chaqirgan, mamlakatdagi tinchlikni asrash muhimligini ta‘kidlagan.

"Bugun biz boshimizdan kechirayotgan notinch va tahlikali zamonda turli mintaqalarda, yon-atrofimizda qarama-qarshilik va qonli to‘qnashuvlar tobora kuchayib borayotganini ko‘rib, kuzatib, beg‘amlik va beparvolikka yo‘l qo‘ymasdan, hushyorlik va uyg‘oqlik bilan yashashni hayotning o‘zi barchamizdan talab etmoqda", degan Prezident Karimov.

Taniqli adib, O‘zbekiston Xalq shoiri Shukrullo mustaqillikning ilk yillarida Prezident huzuridagi jamoatchilik kengashi a‘zosi bo‘lgan.

BBC ustoz adib bilan bog‘lanib, mustaqillik bayrami kunida uning ko‘nglidan nimalar kechayotgani haqida so‘radi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi