Suriya ichkarisida jon saqlayotgan boshpanasizlar

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Suriyadagi ichki urushlar bois mamlakat bo‘ylab 7 million kishi boshpanasiz qolgan. Bu aholining qariyb uchdan bir qismi deganidir.

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 2 millionga yaqin inson qo‘shni davlatlarga qochib o‘tgan. Ammo, 5 milliondan ortiq kishi esa, mamlakat ichkarisida darbadar.

BMTning Suriya bo‘yicha vakilining BBCning Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha muharriri Jeremy Bowenga aytishicha, bugun mazhablararo ziddiyatlar bois suriyaliklarga ommaviy qirg‘in ehtimoli ham xavf solmoqda.