Temza daryosi festivali bugun boshlanmoqda

Image caption Bugun kechroq Londonni kesib o‘tuvchi Temza daryosi bayrami boshlanmoqda

Bugun kechroq Londonni kesib o‘tuvchi Temza daryosi bayrami boshlanmoqda.

London meri yo hokimi tashkillashtirgan bu festival 10 kun davom etib, kemalarda operalar, komediyalar qo‘yiladi, sohilda sayllar uyushtiriladi.

Bayram Okso minorasi o‘ngida o‘rnatilgan ekranda Daryo Portreti degan filmning namoyishidan boshlanadi.

Bu film daryo haqida va unda ishlaydigan insonlar haqidadir.

Daryo Portreti har kuni soat 12:00 dan to 21.30 gacha ko‘rsatiladi.

London meri Boris Djonsonning aytishicha: "Festivalning ikki kundan o‘n kunga dovur uzaytirilishi ajoyib hodisadir. O‘n kun davomida turli marosimlar uyushtirilib, shaharning asosiy qon tomiri bo‘lgan bu daryo va uning atrofida ishlaydigan insonlarning ishlari keng nishonlanadi".