Moskvadagi saylov natijalari mehnat muhojirlari uchun nimani anglatadi?

Путин ва Собянин Image copyright AFP
Image caption Janob Sobyaninning g‘alabasi kutilgandi

Moskva hokimligi uchun o‘tkazilgan saylovlarda Kreml dastagiga ega siyosatchi Sergey Sobyanin g‘olib chiqqan.

Ovozlarning qariyb barchasi sanab chiqilgan va joriy hokim 51 dastakni qo‘lga kiritgani ma‘lum bo‘lgan.

Sergey Sobyanin saylovni "yillar asnosidagi, ehtimolki, Moskva tarixidagi eng halol" o‘tgan siyosiy jarayon sifatida ta‘riflagan.

Sobyanin janoblari foydasidagi natijalar ikkinchi davra saylovlarga o‘rin qoldirmaydi.

Sobyaninning asosiy raqibi, hukumat tanqidchisi Aleksey Navalniy esa, 27 foizdan biroz ortiq ovoz to‘plagan.

Janob Navalniy saylov natijalari soxtalashtirilganini da‘vo qilmoqda.

O‘tgan tun u ikkinchi davra saylovlar o‘tkazilmasa, o‘z tarafdorlarini ko‘chalarga olib chiqish bilan tahdid qilgan.

Moskva Saylov Komissiyasi ovoz berish jarayonida jiddiy qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmagan degan xulosaga kelgan.

Bir paytlar Vladimir Putinning yaqin yordamchilaridan bo‘lgan Sergey Sobyanin g‘alabasi avvaldan bashorat qilingandi.

Ammo, Aleksey Navalniy kutilganidan ko‘ra ko‘proq ovozni qo‘lga kiritgan.

"Bu esa, Kreml siyosiy muxoliflari uchun rag‘batdir", deydi BBCning Moskvadagi muxbiri.

Har ikki nomzodning saylovoldi kampaniyalari muhojirlarga qarshi chiqishlar va reydlar manzarasida o‘tgan.

Biz Moskvalik faol Bahrom Hamroyevdan saylov natijalari mehnat muhojirlari, xususan, markaziy soiyoliklar uchun nimani anglatadi, deb so‘radik.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi