BBCehmoni frantsiyalik dinshunos olim Bayram Balchiga savol bering

Image caption Bayram Balji O‘zbekistondagi diniy oqimlar va o‘zgarishlarni yaqindan kuzatib keladi

Frantsiyalik olim, Markaziy Osiyoda mavjud diniy oqimlar bo‘yicha mutaxassis Bayram Balchi bbcuzbek.com o‘quvchilari va tinglovchilarimizning savollariga javob beradi.

Parijdagi Xalqaro Izlanish va Tadqiqotlar Markazi xodimi Bayram Balchiga savollaringizni sahifamiz ostidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

Bayram Balchi hozirda Vashingtondagi Karnegi Tinchlik markazida Turkiya, Markaziy Osiyo va Qafqoz bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda.

Janob Balchi 2006 yildan 2010 yilga qadar Toshkentdagi Markaziy Osiyo Tadqiqotlari bo‘yicha Frantsiya Institutiga rahbarlik qilgan.

Mazkur yillarda u Markaziy Osiyoda turli Islomiy mavzular yuzasidan tadqiqotlar olib bordi.

BBC mehmoni xususan Markaziy Osiyoda Islomning uyg‘onishiga Turkiya, Arab davlatlari, Eron va Janubiy Osiyo ta‘sirini alohida o‘rganib chiqdi.

Olim ayniqsa O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatda Islom sohasida kuzatilgan o‘zgarishlarni izchil o‘rgandi.

Bayram Balchi Turk Tadqiqotlari bo‘yicha Ovro‘po Jurnali asoschilaridan biri hisoblanadi.

U shuningdek Markaziy Osiyo tadqiqotlariga bag‘ishlangan jurnali - Les Cahiers d’Asie Centrale tahririy hay‘ati rahbarlaridan biri hamdir.

Bayram Balchi "Markaziy Osiyodagi Islom missionerlari: Fathulloh Gulen maktablari" kitobi muallifidir.

Janob Balchi yaqinda nashrdan chiqqan "Markaziy Osiyoda Xitoy va Hindiston: Yangi "Katta O‘yin-mi?" kitobiga muharrirlik qilgan.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba va yakshanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.