Osiyo chempionati: O‘zbekiston Turkiyani yengdi

Ko‘pkari bo‘yicha Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan ilk Osiyo chempionatining uchinchi kunida o‘zbekistonlik uloqchilar turkiyalik raqiblarini mag‘lub etishdi.

Ular dastlabki ikki bellashuvlarini qo‘shni Qirg‘iziston va Xitoyga boy berishgandi.

Ostona shahrida o‘tkazilayotgan birinchilikda O‘zbekistondan tashqari, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya, Mo‘g‘uliston va Rossiyadan kelgan chavandozlar ishtirok etishmoqda.

Ko‘pkari bo‘yicha ilk Osiyo chempioni shu yakshanba kuni aniqlanadi.

Qozog‘iston Ko‘pkari Uyushmasi bosh-qosh bo‘lgan turnir g‘olibini esa, oldinda 50.000 AQSh dollari mukofot puli va turli diplomlar kutmoqda.

Musobaqa tashkilotchilari ilk Osiyo chempionatini tashkil qilish bilan ko‘pkarini Olimpiya O‘yinlari dasturiga kiritishga umid qilishmoqda.

Ostonadagi turnirga mehmon sifatida tashrif buyurgan Afg‘oniston parlament hay‘ati a‘zosi Inoyatulloh Farahmandning aytishicha, bo‘lib o‘tayotgan bellashuvlar ishqibozlar orasida katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi