Hind qizi AQSh go‘zali bo‘ldi yo ozod yurtdagi irqchilik

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Joriy yilgi AQSh go‘zali, deya kelib chiqishi hindistonlik bo‘lgan 24 yashar Nina Davuluri topildi.

Hindistondan Nyu-Yorkka ko‘chib kelgan shifokor oilasida tug‘ilib o‘sgan Ninaning g‘alabasi ortidan esa AQSh bo‘ylab ijtimoiy tarmoqlarni irchi va tahqirlovchi izohlar bosib ketdi.

Irqchi izohlarda bu yilgi AQSh go‘zalini "arab", "musulmon" va "terrorchi" deb atashgan. Ayrimlarida esa bu qizni kelgan yurtiga qaytarib yuborish kerakligi aytilgan.

Nina esa ko‘rikdan keyin bergan matbuot anjumanida bu izohlardan ustun turishini, o‘zini amerikalik sanashini qayd etdi.

Aftidan, o‘zlari ham kelgindilar avlodi bo‘lgan irqchilar nazdida AQSh - faqat oq tanlilar mamlakati, degan tushuncha mavjud.

Xullas, ko‘pchilik nazdida yuzaki va ayol qadrini yerga uruvchi go‘zallik tanlovi bu safar AQSh jamiyatidagi yarim yashirin irqchilik muammoasini fosh etib qo‘ydi.