O‘zbekiston: Oktyabrdan yana to‘lovlar hajmi oshadi

Image copyright
Image caption Buxanka non narxi 9 foizga oshdi

O‘zbek matbuotiga ko‘ra, 1 oktyabrdan boshlab isitish tizimi, sovuq va issiq suv uchun to‘lovlar hajmi ko‘tariladi.

Aytilishicha, issiq suv va isitish tizimi uchun narxlar 6,5 foiz, sovuq suv uchun 3,5 foizga oshadi.

Ayni vaqtda telekommunikatsiya xizmatlari uchun ham to‘lovlar oshishi xabar qilingan.

Bundan tashqari, O‘zbekistondagi eng arzon buxanka non narxi 9 foizga oshgan.

Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 600 grammlik nonning davlat tomonidan belgilangan 550 so‘mlik bahosi 15 sentyabrdan 600 so‘mga ko‘tarilgan.

Non narxi oxirgi marta 2012 yil sentyabrida oshirilgandi.

Gazeta.uz sahifasiga ko‘ra, narxlar ko‘tarilishi mamlakatda bir yilda ikki marotaba - aprel va oktyabr oylarida kuzatiladi.

Avvalroq, Prezident Karimov 15 avgustdan jamoat sektorida faoliyat olib boruvchi xizmatchilar maoshlari, nafaqa va stipendiyalar miqdorini oshirish borasidagi farmonga imzo chekkandi.

Ineternet sahifalarida izoh qoldirgan ko‘plab odamlar narxlar oshishidan o‘z noroziliklarini bildirishgan.

Biz Toshkentdan iqtisodchi va huquq faoli Jahongir Shosalimovga sim qoqdik va joriy narxlar manzarasida odamlar daromadining qancha qismi turli to‘lovlarga ketishi haqida so‘radik:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi