Kurash: Rashid Qurbonov O‘zbekistonga jahon chempionatining ilk medalini keltirdi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekistonlik erkin kurashchi Rashid Qurbonov yarim final bellashuvida eronlik raqibiga yutqazib, 74 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida birinchilikning bronza medalini oldi.

Image copyright wrestling.uz
Image caption Rashid Qurbonov O‘zbekistonga jahon chempionatining ilk medalini keltirdi

Bu - Budapeshtda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik kurashchilar jamoasi qo‘lga kiritgan ilk medal bo‘ladi.

16 sentyabr kuni start olgan birinchilikda O‘zbekistonni 12 kurashchisi namoyon etmoqda.

Rashid Qurbonov vazn toifasida oltin medalni amerikalik erkin kurashchi Jordan Barrouz qo‘lga kiritdi.

Kumush medali esa, eronlik Izzatulloh Akbariyga nasib etdi.

Budapeshtda o‘zbekistonlik olti erkin kurashchi jahon chempionligi uchun gilamga chiqishgandi.

Ammo, birinchilikning erkin kurash bellashuvlari o‘z nihoyasiga yetarkan, umumjamoa hisobida Eron qolgan hamma ishtirokchi davlatlarni ortda qoldirdi.

Erkin kurashchilarining hisobidagi ja‘mi beshta medali bilan Rossiya ikkinchi o‘rinni egalladi.

Gurjiston vakillari esa, bu ikki davlatdan so‘ng umumjamoa hisobida uchinchi o‘rin bilan kifoyalanishdi.

Endi esa, yunon-rum kurashchilari jahon chempionligi uchun o‘z kurashlarini boshlashadi.

Bu bellashuvlarda o‘zbekistonlik besh kurashchi g‘oliblik uchun gilamga chiqadi.

Eng so‘nggida shuni ham eslatib o‘tish joizki, Budapeshtdagi jahon chempionatida ishtirok etgan o‘zbekistonlik erkin kurashchilar orasida 120 kg vazn toifasida Afina, Pekin va London Olimpiada O‘yinlarining oltin medali sohibi Artur Taymazov yo‘q edi.

O‘zbekistonlik sport mulozimlari buning sababini bu yilgi jahon chempionatida ishtirok etish uning kun tartibida yo‘qligi bilan izohlashgandi.

Budapeshtdagi bellashuvlarda erkin kurash bo‘yicha 74 kg vazn toifasida Jahon Kubogi sohibi, 2008 yilgi Pekin Yozgi Olimpiada O‘yinlarining kumush medali sovrindori, Osiyo chempionati va Osiyo O‘yinlari g‘olibi Soslan Tigiyev ham ishtirok etmadi.

Markaziy Osiyo mintaqasini jahon birinchiligida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari namoyon etishmoqda.

Kurash bo‘yicha Budapeshtda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati 22 sentyabr kuni o‘z nihoyasiga yetadi.

Biz o‘zbekistonlik erkin kurashchi Rashid Qurbonovning g‘alabasiga munosabatlarini bilish uchun O‘zbekiston Madaniyat va Sport ishlari bo‘yicha vazirining Sport masalalari bo‘yicha 1-muovini Jasur Akramovni suhbatga tortdik.