Jizzaxda 15 yoshli kollej talabalari paxta terimiga safarbar etilgan

Xalqaro Mehnat Tashkiloti paxta terish mavsumida bolalar mehnatidan foydalanishni monitor qilish uchun O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlagani haqida ma‘lum qilgan ekan, ayni vaqtda huquq faollari kollej talbalari bo‘lgan 15 yoshli bolalar ham terimga safarbar qilingani haqida aytmoqdalar.

Huquq faoli O‘ktam Pardayevning BBC bilan suhbatda aytishicha, Jizzax viloyatidagi Sanoat Kollejining 1 kurs talabalari yotoqqa paxta terimiga olib ketilgan.

Faolning aytishicha, talbalar uchun yotoq yerlarida tegishli sharoitlar yaratilmagan. Talbalar orasida turli yuqumli kasalliklar tarqashi hollari kuzatilmoqda.

"Talabalar ota-onalariga telefon qilib, ularni olib ketishlarini so‘rashadi. Lekin o‘qituvchilar ularning ketishlariga ruxsat bera olmaydilar. Chunki bu kabi ruxsatni bersalar mudiriyat va Xalq Ta‘limi Bo‘limi tomonidan bosim ostida qoladilar", dedi huquq faoli.

Paxtaga terimiga chiqqan talbalarga toza ichimlik suvi ham yetkazib berilmayotgan ekan. Shuning uchun ular ariq va katta hajmdagi ochiq suv idishlaridan suv olib ichishga majbur bo‘lmoqdalar.

O‘ziga to‘q ota-onalar yonlaridan harajat qilib farzandlarini xususiy uylarda ijaraga turishlarini tashkillashtirib berayotgan hollari ham kuzatilgan.

O‘ktam Pardayevga ko‘ra, hozircha Xalqaro Tashkilot nazoratchilari Jizzax paxta dalalariga kelmaganlar.

O‘zbekiston paxta terimiga yosh bolalarni yillar mobaynida jalb qilib kelgan mamlakat sifatida xalqaro tanqidlarga yuz tutib kelmoqda edi.

Rasmiylar esa bolalar paxta terimiga safarbar qilinishini hamisha rad etib keladilar.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi