Dunyodagi eng qimmatbaho pushti olmos sotilmoqda

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Eng yirik va eng qimmat pushti rangli olmos Shveytsariyaning Jeneva shahrida kimoshdi savdosiga qo‘yildi.

"Pushti yulduz"ning bahosi qariyb 60 million AQSh dollariga baholanmoqda.

Sotheby's kimoshdi savdo uyi vakilining aytishicha, ushbu olmosni bemalol dunyodagi o‘ta noyob qimmatbaho toshlar sirasiga kiritsa bo‘ladi.

Muxbirimiz Imogen Foulkes olmosni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan.