Nargiz Zokirovaning "Golos"dagi chiqishini Zokirovlar sulolasi qanday qabul qildi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiyaning "Golos" ko‘rik-tanlovida mashhur Zokirovlar sulolasining namoyondoasi Nargiz Zokirova "Scorpions" guruhining "Still Loving you" qo‘shig‘ini kuylab, barcha hakamlarni lol qoldirdi.

42 yoshli Zokirova xonimning chiqishiga o‘zbek muhojirlari haqidagi tanqidiy maqolalar va ko‘rsatuvlarga boy Rossiya axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarida ijobiy fikrlar va maqtovlar yozilmoqda.

Nargiz Zokirova taniqli qo‘shiqchi Luiza Zokirovaning qizidir. U yoshligida "Vodillik kelin" kinofilmidagi "Unutma meni" qo‘shig‘i bilan yaxshi tanish.

Uning boshi qirilgan va tatuirovkalarga qoplangan holda Rossiya kanalida paydo bo‘lishi ko‘plarni larzaga soldi.

BBC uning amakivachchasi, taniqli aktyor Javohir Zokirovdan avvalo qarindosh-urug‘lar uning chiqishini qanday kutib olishganini so‘radi.