"Dilmurod Sayid Toshkentdagi mahbuslar shifoxonasiga o‘tqazilgan"

Image caption Qarindoshlari Dilmurod Sayidning salomatligidan xavotir bildirib, xalqaro jamoatchilikdan yordam so‘ramoqda

O‘zbekistonlik jurnalist va inson haqlari faoli Dilmurod Sayid yaqinlarining xabar qilishlaricha, Navoiy viloyatidagi qamoqxonada saqlanayotgan faol Toshkentdagi mahbuslar shifoxonasiga o‘tqazilgan.

Navoiy viloyatiga borgan ukasiga Dilmurod Sayid bilan uchrashishiga ruxsat berilmagan, jazoni ijro etish ma‘muriyati uning Toshkent shifoxonasiga yuborilganini aytishgan.

Qarindoshlari Dilmurod Sayidning salomatligidan xavotir bildirib, xalqaro jamoatchilikdan yordam so‘ragan.

O‘zining tanqidiy maqolalari bilan tanilgan jurnalist Dilmurod Sayid 2009 yil fevralida hibsga olingan, Samarqanddagi mahkama jurnalistni ta‘magirlik, katta miqdorda pora talab qilishda aybdor deb topib 12 yillik qamoq jazosiga hukm etgan edi.

(Jurnalist bilan qamoqxonada uchrashishga borayotgan rafiqasi Barno Jumanova hamda besh yoshli qizi Ruxshona 2009 yil noyabrida Toshkent-Samarqand yo‘lidagi avtohalokatda nobud bo‘lganlar.

Xalqaro inson huquqlari va so‘z erkinliklari tashkilotlari Dilmurod Sayidning qamalishini qoralaganlar.