BBC mehmoni - taniqli aktrisa Gavhar Zokirovaga savol yo‘llang

Aktrisa marhum turmush o‘rtog‘i Jamshid Zokirov bilan Image copyright none
Image caption Aktrisa marhum turmush o‘rtog‘i Jamshid Zokirov bilan spektaklda

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Gavhar Zokirova 1949 yil 10 sentyabrda Toshkent viloyati To‘ytepa shahrida tug‘ilgan.

1966 yil poytaxtdagi 137 maktabni tamomlagach, Politexnika instituti Gidrogeologiya va injener geologiya fakultetiga o‘qishga kirgan.

Ammo, u san‘atga bo‘lgan qiziqishi tufayli bir yildan so‘ng o‘qishini Toshkent davlat teatr va rassomlik san‘ati instituti (hozirgi M. Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat san‘at instituti)ning aktyorlik bo‘limiga o‘zgartiradi.

O‘qishni 1971 yil tugatib, Hamza nomidagi o‘zbek akademik teatri (hozirgi O‘zbek milliy akademik teatri)dan faoliyat boshlaydi.

Image copyright none

Gavhar Zokirova o‘zbek ma‘rifatparvari Abdulla Avloniyning evarasi, Zokirovlar xonodonining kelini - marhum aktyor Jamshid Zokirovning rafiqasi bo‘ladi.

Aktrisa turmush o‘rtog‘i, marhum Jamshid Zokirov bilan birga teatr va kinoda yuzdan ortiq rollar ijro etgan.

"Erginamning orzusi", "Shayton va Farishta", "Aldagani xotin yaxshi", "Taqdir eshigi", "Sevaman dedimmi", "Tanho yulduz" kabi qator spektakllar, "Shaytanat", "To‘ylar muborak" kabi filmlardagi obrazlar ana shunday birgalikdagi mehnat mahsulidir.

Gavhar va Jamshid Zokirovlar ikki farzandning ona-otasi bo‘lishgan.

O‘g‘illari Javohir Zokirov - aktyor, qizlari Ohista - san‘atshunos.

Taniqli aktrisa Gavhar Zokirovaga savollaringizni quyidagi forma orqali bbcuzbek.com ga yo‘llashingiz mumkin.