Ozarbayjon saylovlari: savol va javoblar

Neftga boy sobiq Ittifoq respublikasi Ozarbayjonda 9 oktyabr kuni navbatdagi prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Mustaqilikka erishganidan beri bu mamlakatdagi oltinchi saylovlardir.

Kutilishicha saylovlarda joriy prezident Ilhom Aliyev uchinchi bor besh yillik muddatga saylanadi.

Ilhom Aliyev 2003 yili 1993 yildan beri mamlakatni boshqarib kelgan otasi Haydar Aliyevning o‘limidan so‘ng merosxo‘r sifatida qudratga kelgandi.

Haydar Aliyevning 20 yillik boshqaruvi davrida esa bironta ham saylovlar adolatli, haqiqiy raqobat asosida yoki oshkor bo‘lmagan.

Bu galgi saylovlarda mamlakatdagi ikki asosiy muxolif partiya o‘z nomzodalri bilan ishtirok etmoqda. Ammo kuzatuvchilarning aytishlaricha, bu holat saylov natijalariga u qadar ham ta‘sir qilmaydi.

Asosiy nomzodlar kim?

Prezident Ilhom Aliyev uning uchinchi bor prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishi uchun yo‘l ochuvchi o‘zgartirishlarni 2009 yili mamlakat Konstitutsiyasiga kiritdi.

Bundan tashqari uning ortida butun mamlakatdagi bor imkon va resurslar bor.

Joriy Prezidentga salmoqliroq raqib Jamil Hasanlidir. U ikki partiya, "Musavat" va "Xalq Fronti", shuningdek qator kichikroq harakatlarni birlashtirgan Demokratik Kuchlar Milliy Kengashi nomidan saylovlarda qatnashmoqda.

"Musavat" va "Xalq Fronti" 2008 yilgi saylovlarni boyqot qilgandilar.

Tarixchi olim, Parlamentning sobiq a‘zosi va bir vaqtlar Haydar Aliyevning maslahatchisi bo‘lgan janob Hasanli Kengash tomonidan oxirgi daqiqlarda nomzod etib ilgari surildi. Chunki Kengashning dastlabki nomzodi taniqli rejissyor Rustam Ibragimbekovni Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgani uchun saylovlarda qatnashishiga ruxsat berilmadi.

Image caption Tarixchi olim, Parlamentning sobiq a‘zosi va bir vaqtlar Haydar Aliyevning maslahatchisi bo‘lgan janob Hasanli Kengash tomonidan oxirgi daqiqlarda nomzod etib ilgari surildi

Yana bir nomzod liberal "Umid" partiyasidan Iqbol Og‘azoda. U 2008 yilgi sayloovlarda 3 foiz ovoz olgan.

Saylovlarda shuningdek yana uch partiya va to‘rt hukumatparast harakat nomzodlari ham qatnashmoqda. Lekin ularning birontasi omma fikrini o‘rganish so‘rovlarida 1 foizdan ko‘proq ovoz ololmagan.

Saylovlarda qatnashishi taqiqlangan yana kimlar bor?

Rustam Ibragimbekovdan tashqari Respublikachi Muqobil partiyasidan Ilgar Mamadov ham saylovlardan chetlatilgan.

Janob Mamadov yanvar oyidan beri jamoat tartibsizligini keltirib chiqarish ayblovlari bilan qamoqda. Uning tarafdorlariga ko‘ra, ayblovlar soxtalashtirilgandir.

Markaziy Saylov Komissiyasi uning kerakli sondagi imzolarni yig‘a olmaganligi sababli, deya ro‘yxatdan o‘tkazmagan.

Prezidentlik maqomi Ozarbayjonda muhimmi?

Ha. Ozarbayjon prezident boshqaruvidagi mamlakatdir. Davlat va hukumat rahbari sifatida Prezidentning salohiyatlari kuchli.

Ozarbayjon Davlat Televideniyesi hamma nomzodlarga o‘z kampaniyalarini olib borish uchun teng ravishda vaqt ajratdi.

Lekin muxolifatga ko‘ra, yaqinda prezident Aliyevning mamlakat bo‘ylab safarlarining tinimsiz yortitilishi bu tenglikni yoppasiga buzuvchi holatdir.

Muxolif nomzodlar qo‘shimcha efir vaqtini sotib olishlari mumkin, lekin bu muxolifatning qo‘li yetmaydigan darjada qimmatdir.

Ko‘plab shaxsiy kanallar ham muxolifatning targ‘ibot dasturlarini namoyish qilishdan bosh tortishgan. Muxolif partiyalar shuningdek hukumatning bosimlaridan ham nolimoqda.

Image copyright Getty

Internet va Ijtimoiy tarmoqlarning roli oshib bormoqda. Hamma nomzodlarning o‘z websahifalari bor. Facebook bilan Twitterda ham mavjudlar. Lekin bularning hammasining ta‘siri hozircha televideniyenikiga yetmaydi.

Saylovoldi kampaniyasi qanday o‘tdi?

Huquq faollarining xabar qilishlaricha saylovoldi kampaniyasi davrida hibsga olingan muxolif faollar va mustaqil jurnalistlar soni keskin oshgan.

Ozarbayjon Inson Huquqlari klubining ma‘lum qilishicha, yanvar oyida hibsga olinganlar soni 60 nafar bo‘lgan. Sentyabr oyiga kelib esa ularning soni 142 taga yetgan.

Aytilishicha, may oyida "Internetda haqorat uchun" jinoiy jazoni nazarda tutuvchi qonunning qabul qilinishi Ijtimoiy tarmoqlarga katta zarba bo‘ldi.

Ovro‘po Ittifoqi ham "muxolfat a‘zolari, fuqaro jamiyati va mustaqil matbuotga nisbatan davom etayotgan bosimlar" haqida o‘z jiddiy xavotirini izhor etgan.

Prezident Aliyevning matbuot kotibi Ali Hasanov bu tanqidlarni "bir tomonlama, noxolis va noto‘g‘ri ma‘lumotlarga asoslangan", deya rad etdi.

Saylovlarni kim kuzatadi?

Ozarbayjon muxolifati va xalqaro kuzatuvchilar avalgi saylovlar davrida qallobliklar yuz berganini da‘vo qilganlar.

Image copyright RIA Novosti
Image caption Taniqli rejissyor Rustam Ibragimbekov Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgani uchun saylovlardan chetlatilgan

Markaziy Saylov Komissiyasining aytishicha, bu gal qonunbuzarliklarning oldini olish uchun saylov uchastkalarida nazorat kameralari o‘rnatilgan va xohlagan kishi saylovlar boshlanishidan 24 soat mobaynida Internet orqali xohlagan saylov uchastkasida nimalar bo‘layotganligini kuzatishi mumkin.

Lekin ovozlarni sanash uchun 10 kun muxlat belgilangan. Muxolifatning aytishicha, bu muddat ovozlarni soxtalashtirish uchun yetarlidir.

Saylovlarni 1000 dan ortiq xorijiy kuzatuvchilar kuzatishi aytilgan.

Lekin Ovro‘po Parlamenti saylovlarga kuzatuvchilarni yubormasligini ma‘lum qilgan, ammo sabablarini ochiqlamagan.

Bu o‘z navbatida Ozarbayjon rasmiylari uchun mamlakat demokratik davlat sifatida ko‘rilishi va shuning uchun saylovlarini sinchikovlik bilan kuzatishga hojat yo‘qligi haqidagi da‘volar bilan chiqishlariga yo‘l ochgan.

Muxolifat esa Ovro‘po Ittifoqi Ozarbayjon bilan gaz quvuri loyihalarini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib, kuzatuvchilar yubormayotganligini aytmoqda.