London ajoyibotlari: rus multimillionerlari ichish poygasida

Image caption Londondagi Mayfair mavzesida joylashgan tungi klubda ikki rus multimilloneri kim o‘tirish uchun ko‘proq pul to‘laydi degan poygaga kirishib ketishgan

Londondagi Meyfeyr (Mayfair) mavzesida joylashgan tungi klubda ikki rus multimilloneri kim o‘tirish uchun ko‘proq pul to‘laydi degan poygaga kirishib ketishgan va oqibatda bir kecha uchun 130 ming funt pul to‘lashgan.

30 yoshlardagi bu ikki yigitcha Kitch nomli tun klubida Don Perignon va Kristal nomli shampan sharobini buyurishdan boshlashgan.

Ikki yarim soat ichida ularning hisoblari £66,778.91 va £64,279.70 qadar yetgan va jami £131,058.61 tashkil qilgan.

Birinchi hisobda 30 shisha Magnum Kristal (Magnum Cristal Champagne), 20 shisha Dom Perignon, 18 yashar Glenmoranji (Glenmorangie Whisky) viskisi va boshqa ichimliklar qayd etilgan.

Ikkinchi hisobga esa £325 narxdagi 64 shisha Dom Perignon, 25 shisha Kristal, 18 yashar viski va boshqa ichimliklar kirgan.

Hisoblar qo‘llarga tekkanda yutib chiqqan yigit o‘z hisobi yozilgan qog‘oz parchani yuqori ko‘tarib, g‘alaba qozonganini qiyqirib bildirgan.

Tungi klub egalari bu ikki yigitning nomini ochiqlashmagan.

Guvohlardan birining aytishicha: "Men bu kabi ajib musobaqani Londonda ko‘rmaganman. San Tropeda bunday bo‘lishini eshitgan edim, lekin Londonda ham biri 3 shisha olsa boshqasi 5 shisha buyuradi, unga o‘chakishib birinchisi 7 shisha keltirtiradi degan narsa bo‘lishini tasavvur etmagandim".