Endiyam hijobli deb ko‘ring-chi...

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Hijobda bo‘lgan turkiyalik xotin-qizlarga davlat idoralarining eshiklari keng ochildi.

Turkiya Bosh vaziri hijobga uzoq yillardan buyon qo‘yilgan taqiqni olib tashladi.

Faqat bitta istisno, u ham bo‘lsa, hijoblilarning hanuz adliya, harbiya va politsiya tizimlarida ishlashlariga izn yo‘q.

Rajab Toyib Erdo‘g‘on buni liberal islohotlarning bir qismi, deya izohlamoqda.

Ammo uning tanqidchilari nazarida, hijobga qo‘yilgan taqiqning bekor qilinishi Turkiyaning dunyoviy tamoyillariga berilgan yana bir zarbadir.

Guney Yulduz videolavhasida tomosha qiling.