London ajoyibotlari: terrorchilik aybi bilan to‘rt kishi ushlangan

Image copyright PA
Image caption Terrorchilik aybi bilan to‘rt kishi ushlangan

London shahar politsiyasining bildirishicha 2000 yil Terrorizm Aktiga binoan to‘rt kishi terrorizm amaliyotini tayyorlash aybi bilan qo‘lga olingan.

Qurollangan politsiya zobitlari yakshanba kuni kechqurun Uaytchapel (Whitechapel), Beysvoter (Bayswater) va Pekkam (Peckham) mavzelarida reydlar o‘tkazib hibsga olish amaliyotini ijro etishgan.

Politsiyaning bildirishicha qidiruv ishlari oltita manzilda davom etmoqda.

Ikki dona mashina ham qo‘lga tushirilgan.

Bu amaliyotlar politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra "avvaldan rejalangan va ayg‘oq ma‘lumotlariga asoslangan" amaliyotdir.

To‘rtta mahbus janubiy London politsiya idorasiga yetkazilgan.

Ularning yoshi 25-29 orasida.

BBC xavfsizlik ishlari bo‘yicha muxbiri Frenk Gardnerning aytishicha rejalanayotgan fitnada o‘qotar qurollardan foydalanish ko‘zda tutilgan ekan.

Uning so‘zlariga ko‘ra rejalangan fitnaning "ulkan" bo‘lishiga u ishonmaydi.