Moskvaning Biryulevo mavzesida millatchilarning ommaviy tartibsizliklari

Image copyright RIA Novosti
Image caption Moskvaning Biryulevo mavzesida millatchilarning ommaviy tartibsizliklari

Moskvaning janubida joylashgan Biryulevo mavzesida millatchilik ruhidagi ommaviy tartibsizliklvr natijasida olomon politsiya bilan to‘qnashib, hozirga qadar 380 kishi hibsga olingan.

To‘qnashuvlar oqibatida besh politsiyachi yaralangan.

Bu tartibsizliklar o‘tgan payshanba kuni 25 yashar Yegor Shcherbakovning rus bo‘lmagan bir kimsa tarafidan o‘ldirilishi ketidan yuzaga kelgan.

Avvaliga futbol fanatlari va millatchilardan tashkil topgan guruhlar Biryulevoda "xalq yig‘ini" o‘tkazish uchun to‘planganlar.

Yakshanba kuni tushdan keyin 600 kishilik olomon go‘yoki migrantlar to‘planadigan "Biryuza" savdo markaziga hujum qilib, uni ag‘dar-to‘ntar qilishgan.

Keyinchalik Biryulevoga politsiya va OMON kuchlari tashlangan.

Bir qancha migrant bu to‘qnashuvlar davomida kaltaklangan.

Butun Moskva politsiyasi "trevoga" bo‘yicha ko‘tarilgan.