London ajoyibotlari: Titanikdan topilgan skripka savdoda

Image caption Titanikdan topilgan skripka savdoda

Volos Xartley degan mashhur musiqachi 1912 yili cho‘kayotgan Titanik kemasida o‘z skripkasida musiqasini davom ettiravergan.

U 1517 nafar halok bo‘lgan yo‘lovchilar qatoridan biri edi.

Xartley janoblari Dankashir grafligida tug‘ilib, umrini Dyusberida o‘tkazgan.

Xartley janoblarining skripkasi o‘z vaqtida suv ustida topilgan bo‘lib, musiqachining qaylig‘i Robinson xonimlariga qaytarilgan ekan.

Shu paytgacha skripkani Robinson xonim saqlab kelgan.

19 oktyabr kuni bu skripka Londonda "kim oshdi" savdosiga qo‘yiladi.

Hozirda u Dyusberida ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Bundan avval bu cholg‘u Amerikada ham ko‘rgazmaga qo‘yilgan bo‘lib, uni 315 ming inson ko‘rgach, bahosi ancha oshgan edi.

Ushbu skripkaning boshlang‘ich narxi 300 ming funt deb belgilangan.