Zeynalovning o‘zbek do‘sti: "Nimaga ishonishni ham bilmayman"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Rossiyada 25 yoshli Yegor Shcherbakovni o‘ldirishda ayblanayotgan ozarbayjonlik O‘rxon Zeynalov mahkamaga tortilishi kutilmoqda. Qotillik Moskvaning Biryulevo tumanida millatchilarning ommaviy tartibsizliklariga sabab bo‘lgandi.

U hibsga olinishidan bir necha soniya avval Kolomnadagi o‘zbek biznes sherigi "Mahmud"ning ishxonasi va uyida yashiringan. Mahmud BBC bilan suhbatda Zeynalov politsiya tomonidan qidirilayotganini bilmaganini aytdi.

Zeynalovning aybi mahkama orqali isbotlanmagan, biroq tergov qo‘mitasi chorshanba kuni u qotillikni tan olganini xabar qildi.

Ayblanuvchining hibsga olinishi aks etgan videokadrlar yetakchi Rossiya telekanallarida namoyish qilingan. Unda maxsus kuchlar Zeynalovni hibsga olish chog‘ida urib-tepishlari, sudrashlari, noqulay jismoniy holatda ushlashlari va Rossiya Ichki ishlar vaziriga o‘ljadek taqdim qilishlari aks etadi.