Musiqa bilan Ovro‘poni zabt etayotgan o‘zbek qizi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Aziza Sodiqova - G‘arbdagi musiqa olamiga o‘zbekona sas va ramzlarni olib kirayotgan bastakor.

U bir asarini Azon sadolaridan hayajonga tushib yaratsa, boshqasini Frants Kafka maktublaridan ilhomlanib bastalaydi.

Hali 18 yoshidayoq Aziza Sodiqova Toshkentdagi ekperimental "Ilhom" teatri sahna asari uchun musiqa yozgandi.

Britaniyaning mashhur skripkachilari Aziza bastalagan kuylarni Londonda ijro etishgan. Yozuvchi Frants Kafka maktublaridan ilhomlanib yaratilgan musiqasi esa joriy oyda Berlinning mashhur kontsert zallarida yangradi.

Aziza - mashhur o‘zbek bastakori va dirijyori Tolib Sodiqovning nabirasi. U besh yoshidan boshlab musiqa bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Yosh bastakorning so‘zlariga ko‘ra, u yozayotgan musiqani o‘tgan asrning oltmishinchi-etmishinchi yillarida avangard, deb atashardi. Undan keyin postmodernist, deb ta‘riflashgan.

Hozir esa ayni musiqani zamonaviy oqim, deb atashmoqda. Bastakor bilan Dilorom Ibrohim uchrashdi.