Garovdagi livanlik va turkiyaliklar uylariga qaytarildi

Image copyright AP
Image caption Garovdan ozod qilinganlar Bayrut havo qo‘nolg‘asida tantana bilan kutib olingan

Suriya shimolida isyonkorlar tarafidan 2012 yil garovga olingan 9 nafar Livan fuqarosi Bayrutga yetib borgan.

Shia mazhabiga mansub ushbu livanliklar kuni kecha qariyb bir yarim yillik tutqunlikdan ozod qilingani xabar qilingandi.

Ular Suriya shimolidan Turkiyaga, keyin Bayrut havo qo‘nolg‘asiga uchirilgan.

Erishilgan kelishuvga binoan Livanda garovda ushlab turilgan ikki turk uchuvchisi ham qo‘yib yuborilgan.

Ular o‘ch olish maqsadida avgust oyi Bayrut janubidan o‘g‘irlab ketilgandi.

Istanbulga yetib borgan uchuvchilar o‘z yaqinlari va Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdo‘g‘on bilan uchrashishgan.

Garovdagilarni ozod qilish yo‘lidagi muzokaralar Qatar, Turkiya va Falastin ma‘muriyati vositachiligida olib borilgan.

Kelishuv asosida Suriya hukumati tarafidan qamoqda ushlab turilgan qator muxolifat faollari ham ozod qilinishi lozim edi.

Ammo, aksari ayollardan iborat mahbuslar qo‘yib yubordimi yo‘qligi hozirgacha ma‘lum emas.