BBC mehmoni "O‘zbeklar" kitobi muharriri Sergey Abashinga savol bering

Sankt-Peterburg Ovro‘po Universtiyetining antropolgiya professori Sergey Abashin millatchilik, Islom va muhojirlik masalalari bo‘yicha mutaxassis.

Markaziy Osiyoda millatchilik va Islom, milliy o‘zlik va ijtimoiiy evrilishlar mavzusida qator ilmiy izlanishlar va kitoblar muallifi.

1997 yili Farg‘ona vodiysidagi tadqiqotlari asosida "Zamonaviy o‘zbek qishlog‘idagi ijtimoiiy o‘zaro munosabatlar" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Fan doktori unvoni esa unga " Markaziy Osiyoda etonografik bilim va milliy qurilish: sartlar XIX-XXI asralard "sartlar muammolari" ilmiy ishi asosida berilgan.

2011 yili chop etilgan "O‘zbeklar" kitobiga muharrirlik qilgan.

Ushbu asar Rossiya Fanlar Akademiyasining Etnologiya va Antropolgiya Instituti tomonidan chop etiluvchi "Xalqlar va madaniyatlar" silsilasi tarkibida chop etilgan bo‘lib, o‘zbek millatining etnik va siyosiy tarixi, iqtisodiy va maishiy hayoti, moddiy va ma‘naviy madaniyati qirralarini o‘rganishga qaratilgan.

Bundan tashqari Sergy Abashin Qirg‘iziston janubida 2010 iyun hodisalarining tahlili va zo‘ravonliklarni keltirib chiqargan omillarni tadqiq qilgan.

Bu tadqiqotlari natijasida O‘sh qonli hodisalarining saboqlari va ogohlari haqida qator maqola va xalqaro anjumanlaridagi chiqishlar muallifdir.

Sergey Abashinga ko‘ra, jahonning yetakchi davlatlarining Qirg‘izistonga ta‘sir ustidan raqobat 2010 yilgi hodisalarni "o‘ng‘aysiz tarix hodisasiga" aylantirgan va xalqaro hamjamiyat bu hodislarni unutishga qaror qilgan.

"Lekin tarix olinmagan saboqlar tufayli qaytib, jazolash hususiyatiga ega".

Sergey Abashin Moskvaning Biryulevo mavzesidagi millatchilik asosida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklardan so‘ng ijtimoiiy tarmoqlarda ushbu hodisalar atrofidagi qator mavzularda qizg‘in bahslar olib bormoqda.

U ko‘tarayotgan mavzular Rossiyaga kelayotgan Markaziy Osiyolik muhojirlar uchun viza tartibi kirtilishi, millatchilikning bosh ko‘tarishi sabablari, Rossiya siyosatchilarining milliy masalalarga yondoshuvlari kabilardir.

Ijtimoiy tarmoqlardagi oxirgi chiqishlaridan birida Sergey Abashinning yozishicha, "Rossiyada ijtimoiiy harajatlar qisqarmoqda, nafaqa tizimi o‘zgarmoqda, milliardlab mablag‘lar o‘g‘irlanmoqda, mamlakat esa g‘azab bilan og‘zini ko‘pirtirib muhojirlar muammosini muhokama qilish bilan ovora. Yig‘lash kerakmi, yo kulish", deya yozgandi.

Unga ko‘ra, Biryulevodagi hodisalar ildizini kundalik hodisalar manzarasida emas Rossiyadagi siyosiy kurash va balkida qandaydir (meva-sabzavot bazasi atrofidagi) "iqtisodiy raqobatlar" manzarasida tahlil qilishga urinish o‘rinliroqdir.

Sergey Abashin fikricha, ayni vaqtda mehnat muhojirligini tartibga solish va ta‘sir ko‘rsatishning muayyan siyosati ham bo‘lishi lozim.

Sergey Abashinga savollaringizni uzbek@bbc.co.uk elektron pochta manziliga, yo-da quyidagi maxsus forma orqali yo‘llashingiz mumkin.