"Andijonda odamlar uyini isitolmayapti, elektr uzilishlaridan charchashgan"

O‘zbekiston buylab havo harorati tushib ketishi bois odamlar o‘z uylarini isitolmay qolgani aytiladi. Ba‘zi joylarda harorat tunda 2 darajaga tushganiga qaramay, isitish tizimlari hali ishga tushirilmagan. Ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi toshkentliklarning BBCga aytishlaricha, uy ichidagi havo tashqaridagidan ko‘ra sovuqroq seziladi.

Andijonlik faol Gulbahor To‘rayeva Andijon shahrining bir qismida so‘rov o‘tkazib, hisobot chiqargan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Andijonga gaz kam hajmda yetib kelmoqda, uning ustiga elektr quvvati ham uzilishlar bilan berilmoqda.

Hokimiyat rasmiylari kam ta‘minlangan oilalar uchun davlat narxlarida ko‘mir ajratishni rejalashgan, ammo ko‘mir narxi bir kiloga 800 so‘m etib tayinlangan va bunga ko‘plarning qurbi yetmasligi mumkin.

Gulbahor To‘rayeva bilan Andijondagi ahvol haqida bo‘lgan suhbatni tinglang:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi