Dog‘istonda Sochi Olimpiadasi oldi shubhali kishilardan DNK olinmoqda

Reuters agentligi xabar berishicha, Dog‘istonda xudkush hujum sodir qilishi mumkin bo‘lgan shaxslar, jumladan radikal salafizm oqimi a‘zolari DNK uchun tashhis, hatto so‘laklaridan namuna topshirishga majburlanmoqda.

Hukumatga ko‘ra, salafistlar orasida jinoyat sodir etishiga ishoniladigan bo‘lajak "terrorist-xudkush"chilar bor.

Rossiya maxsus xizmatlari Sochi Qishki Olimpiada O‘yinlari yaqinlashar ekan, bu choralarni terrorizmga qarshi kurash amaliyotlari doirasida o‘tkazish muhimligini aytadi.

Olib borilayotgan tekshiruvlar haqida Shimoliy Qovqoz huquq-tartibot idoralari izoh berishni hoxlamagan.

Reuters agentligi manbalariga ko‘ra, bu amaliyot yirik sport musobaqasi payti o‘zini portlatmoqchi bo‘lgan xudkushchilarning shaxsini aniqlashga qaratilgan ehtiyot choralaridir.

Muxbirlarning fikriga qaraganda, ushbu harakat Prezident Putinning Dog‘istondagi jinoiy to‘dalarning faoliyatiga jiddiy shug‘ullanish lozimligini uqtirishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.

Dog‘istonda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar 21 oktyabrda xudkush hujumchi Volgogradda o‘zini portlatib yuborishi natijasida olti kishi halok bo‘lishiga bog‘liq ko‘rilmoqda.

Naida Asiyalova ismli xudkush ayol oxirgi paytlarda Dog‘istonda salafizm bilan qizg‘in shug‘ullangani xabar qilinadi.

Iyul oyida jangarilar rahbari Doku Umarovning murojaati chiqqan, u o‘z tarafdorlarini Sochi O‘yinlariga xalaqit berishga chaqirgan edi.