Olmoniyada "jinsi noaniq" insonlar tan olinadi

Image copyright 1
Image caption BBC muxbiriga ko‘ra, bu qaror Olmoniyadagi oila huquqida qanday ta‘sir ko‘rsatishi aniq emas

Olmoniya yaqinda ikkala jinsga taluqli belgilar bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni "o‘g‘il yoki qiz" deb ro‘yxatga olish majburiy bo‘lmagan Ovro‘podagi birinchi davlat bo‘lishi mumkin.

Ota-onalar bolaning "tug‘ilgan haqidagi guvohnoma"sida "jinsi" deb yozilgan qatorni to‘ldirmaslik imkoniyatini oladilar. Ya‘ni, shu tariqa jinsning noaniqligi yuridik jihatdan belgilanadi.

Olmon rasmiylariga ko‘ra, bu chora shuning uchun kiritilmoqdaki, ota-onalar farzandlarining jinsi haqida darhol qaror berishga majbur bo‘lmaydilar.

O‘rta hisobda 2000 insondan biri ikki jins belgilari bilan tug‘iladi.

Bundan germafroditlarda ham erkak va ayol a‘zolari bo‘lib, ba‘zi hollarda ularning organizmidagi turli hujayralarda bir vaqtda erkak va ayol xromosomalari uchraydi.

Bunday bolalarning ota-onalari oldida ko‘pincha tanlov turadi: ular tezda chaqaloqning jinsini aytib, ro‘yxatdan o‘tkazishlari kerak.

Ba‘zida chaqaloqlarning jinsini aniq bir tomonga yo‘naltirish uchun ota-onalar jarrohlik amaliyotiga rozi bo‘lishadi.

Olmoniyadagi qonun loyihasi ushbu muammoni o‘rganish natijasida tayyorlangan. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, bunday amaliyotlar kuchli ruhiy muammolarni keltirib chiqaradi.

Jumladan, bir mijozga jinsini aniqlash amaliyoti o‘tkaziladi va ko‘p yillar o‘tsa ham u bu narsaga ko‘nika olmaydi. "Men erkak ham, ayol ham emasman. Men shifokorlar tomonidan ko‘karish va chandiqlari bor yamoq ko‘rpaman", deydi u.

Ayni paytda Olmoniya pasportlarida jinsi M yoki G‘ harfi bilan ko‘rsatiladi. Olmoniya Ichki Ishlar vazirligi ma‘lum qilishicha, kelajakda ular qatoriga X harfi ham kiritiladi.

BBC muxbiri Stefan Evansga ko‘ra, bu qaror Olmoniyadagi oila huquqiga qanday ta‘sir ko‘rsatishi aniq emas.