Edvard Snouden Rossiyada yangi ish topgan

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Xabarlarga ko‘ra, AQSh Josuslik Xizmati sobiq tahlilchisi Edvard Snouden Rossiyada yangi ish topgan.

Himoyachisi uning Rossiyadagi eng yirik internet saytlaridan birida "texnik yordamchi" bo‘lib ishlayotganini aytgan.

Markaziy Josuslik Xizmati sobiq xodimi o‘tgan iyun oyidan beri Rossiyada qolmoqda. Unga siyosiy boshpana berilgan.

Ayni paytda Olmoniya Ichki ishlar vaziri Snouden janoblari bilan uchrashuv tashkil qilish istagida ekanini aytgan.

Aftidan, suhbat kantsler Angela Merkelning qo‘l telefoni amerikaliklar tarafidan eshitilgani haqida bo‘ladi.

Edvard Snoudenning himoyachisi u Olmoniyaga safar qilolmasligi, ammo Moskvadan turib dalillarni taqdim etishga rozi ekanini aytgan.