Saudiya Arabistoni noqonuniy mehnat muhojirlarini "quvmoqda"

Image copyright AFP

Saudiya Arabistoni hukumati xavfsizlik kuchlari noqonuniy mehnat muhojirlar va ularga ish beruvchilarga qarshi mamlakat bo‘ylab reyd boshlashlarini aytgan.

Reydlar neftga boy qirollikda xorijiy ishchilarga qaramlikni kamaytirishga qaratilgan yangi tartib-qoidalar asosida olib boriladi.

Hisob-kitoblarda bugun Saudiya Arabistonida aksari Osiyoliklardan iborat 8 millionga yaqin xorijiylar borligi aytiladi.

Ayni paytda arab dunyosidagi eng yirik iqtisod hisoblangan Saudiya Arabistoni tub aholisi kattagina qismi ham ishsizligi qayd etilgan.

Biz Jidda shahrida istiqomat qiluvchi afg‘onistonliklardan Said Ma‘sudga qo‘ng‘iroq qildik va g‘ayriqonuniy mehnat muhojirlariga qarshi so‘nggi sa‘y-harakatlar qanchalar jiddiy kechayotgani bilan qiziqdik:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi