Qirg‘iziston Prezidenti: "Qumtor" milliylashtirilishi mumkin

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev ilk bor Issiqko‘l tumanidagi "Qumtor" oltin shirkatini milliylashtirish mumkinligiga ishora qilgan.

Ayni paytda kon asosan Kanadaning Centerra Gold shirkati nazorati ostidadir.

"Qumtor" Qirg‘iziston iqtisodining yirik va muhim ob‘ektlaridan bo‘ib, mamlakat Yillik Yalpi Ichki Mahsulotining 12 foizini beradi.

Oxirgi vaqtlarda shirkatning ko‘proq hissalarini Qirg‘iziston tomoniga berilishini talab qilgan qator namoyishlar bo‘lib o‘tgandi.

Atambayev janoblari shirkatni milliylashtirish haqida BBS Qirg‘iz Xizmati bilan eksklyuziv intervyusida gapirgan.