Xolbika Jo‘rayeva: "Erimning qamoqdan chiqishini kutmay ham qo‘ydim"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekistondagi eng uzoq muddat saqlanayotgan siysiy tutqun 61 yoshli Murod Jo‘rayevning rafiqasi Xolbika Jo‘rayevaning BBCga aytishicha, Murod Jo‘rayevni hamon Chirchiq shahridagi qamoqxonada g‘isht ko‘tarishga majburlamoqdalar.

"Avval ikki qo‘llab g‘isht ko‘tarardim. Endi kuchim yetmayapti", deb aytgan rafiqasiga keksa tutqun.

Xolbika Jo‘rayevaning aytishicha, Chirchiqdagi qamoqxona sharoiti eng yomon qamoqxonadir.