"Borat" keksa aktrisani "o‘ldirib qo‘ydi"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BAFTA Britannia mukofotini qabul qilish marosimida "Borat" mashhur Charli Chaplin bilan birga 5 yoshligida rol o‘ynagan keksa aktrisani "o‘ldirib qo‘ydi".

Hollivudda BAFTA mukofoti marosimida britaniyalik mashhur aktyor Sasha Koen Baron komediya yo‘nalishidagi mahorati uchun Charli Chaplin mukofotiga munosib topilgani e‘lon qilindi.

Mukofotni "Borat"ga 1931 yilda Charli Chaplinning "Shahar chiroqlari" filmida Charli Chaplinning o‘zi bilan birga rol o‘ynagan Greys Karlington topshirishi e‘lon qilindi.

Nogironlar aravachasidagi "Greys Karlington" qo‘lidagi hassa o‘sha "Shahar chiroqlari"dagi filmidagi hassa ekanini aytib uni "Borat"ga berdi.

Charli Chaplinga taqlid qilgan "Borat" tayoqchaga tayanib uni sindirib qo‘ydi va "keksa aktrisani sahnadan uchirib yubordi.

Keyin "Borat" "Greys Karlington" o‘limi fojea ekanini, biroq bu o‘ziday buyuk kishiga mukofot topshirishning naqadar munosib yo‘li bo‘lganini aytdi.