Olmoniya: masjid qurilishiga cho‘chqa kallasi bilan qarshilik qilinmoqda

Image copyright bild.de

Olmoniyaning Leyptsig shahrida qurilishi mo‘ljallangan masjid loyihasi neonatsistlarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Payshanba kuni masjid qurilishi uchun ajratilgan hududda chiqqan kichik yong‘inga chaqirilgan o‘t uchiruvchilar beshta qonga belangan cho‘chqa kallasiga yuzma-yuz kelishdi.

Cho‘chqa boshi neonatsistlarning odatiy norozilik quroli bo‘lib, odatda u yahudiylarga qarshi ishlatiladi.

Shu oy boshida Ukrainada qurilishi kutilayotgan sinagog hududida cho‘chqa boshi tashlab ketilgan.

Leyptsigda esa, aftidan nishon musulmonlar bo‘lishgan. Cho‘chqa go‘shti ham musulmonlar, va ham yahudiylarlar uchun harom hisoblanadi.

Leyptsig sobiq Sharqiy Olmoniyaning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lib, unda 10 ming atrofida musulmonlar istiqomat qiladi.

Leipziger Volkszeitung gazetasiga ko‘ra, bu butun shahar aholisining 2 foiziga teng.

Image copyright bild.de
Image caption Лойиҳа

Avvalroq neonatsistlar guruhi, xususan Olmon Millatchi Partiyasi (NPD) masjid loyihasiga qarshi norozilik namoyishini o‘tkazishga uringandi, biroq chap qanot vakillari namoyish uyushtirib ularning rejasini barbod qilgandilar.

Leyptsig Sharqiy Olmoniyaning siyosiy jihatdan muhim shaharlaridan biridir. Olmon xavfsizlik xizmati Shtazining qarorgohi Sovuq urush davrida aynan mana shu shaharda joylashgan.

Leyptsigda masjid qurilishi nafaqat neonatsistlar, balki boshqa ba‘zi mo‘‘tadil tomonlar nazdida ham mubohasali masaladir.

Shaharda boshqa masjid mavjud, ammo yangi masjid 13 metrli minoralarga ega bo‘lishi rejalangan. Qo‘shni binolarga soya solmaydigan mitti masjidning binosi atigi 10 metr baland bo‘lishi loyihalangan.

U Ahmadiya jamoasi tomonidan qurilishi kutiladi.

Your contact details
Disclaimer