Tataristonda motam kuni e‘lon qilindi

Image copyright AP
Image caption Uchoqdagi insonlarning jasadlari qattiq kuyib ketgan

17 noyabr kungi uchoq halokatida 50 inson halok bo‘lgani munosabati bilan Tataristonda motam kuni e‘lon qilingan.

Yakshanba kuni kechki soat 19.20 da Moskvadan uchib kelayotgan Boeing 737-500 uchog‘i Qozon aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi yonida qulagan, uchoqdagi 44 yo‘lovchi va 6 ekipaj a‘zosi halok bo‘lgan.

Halok bo‘lgan insonlarning ro‘yxati e‘lon qilingan.

Ular orasida Tatariston prezidentining o‘g‘li Irek Minnixanov, uning rafiqasi, Tatariston Federal Xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Antonov ham bo‘lgan.

"Tatariston" aviashirkati uchoqning butkul soz bo‘lgani haqida bayonot tarqatgan.

Qozon aeroportidagi uchoq halokatida 50 inson halok bo‘lgan

Aviashirkat so‘zchisiga ko‘ra, Boeing 737-500 uchog‘i Moskvaga parvozidan oldin Yerevandan uchib kelgan va reja bo‘yicha Qozondan keyin yana Armaniston poytaxtiga uchishi mo‘ljallangan.

"Tatariston" aviashirkati vakillari uchoq muntazam tekshirib turilgani va biror bir muammo aniqlanmagani haqida aytganlar.

Biroq uchuvchilar qo‘nishga tayyor emasliklari haqida dispetcherlarga aytganlari biror bir texnika nosozligidan dalolat berishi mumkin, deb aytgan halokat oqibatlari bartaraf etish shtabi vakillaridan biri Rossiyaning "Interfaks" axborot agentligiga.

Uchoq qo‘nalg‘aga ikki marta qo‘nishga harakat qilgan.

Uchinchi martasida esa uchish-qo‘nish yo‘lagiga 500 metr qolganda uchoq birdaniga balandlikni yo‘qotgan.

"Qora quti"lar topilgan

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, halokatga uchragan uchoqning "qora quti"lari topilgan.

Ulardan biri qattiq zarar ko‘rgani aytilmoqda. Qora qutilar Moskvaga jo‘natilgan. Halokatga texnik nosozlik, uchuvchi xatosi va noqulay ob-havo sharoiti, sifatsiz yonilg‘i va yerdagi xodimlar aybi kabi bir nechta sabab taxmin qilinmoqda.

Uchoq halokati terror harakati bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi taxmin rasman keltirilmagan.

Shuningdek "Tatariston" aviashirkati uchoqning butkul soz bo‘lgani haqida bayonot tarqatgan.

Surishtiruv xodimlari Qozon aeroportidagi kuzatuv kamerasida yozib qolingan lavhalarni o‘rgana boshlaganlar.

Soat kechki 18da Qozon aeroporti tabiiy ish tartibiga tushishi mumkin. Biroq tekshiruvlar hali davom etayotgani xabar qilinadi.

Aviashirkat so‘zchisiga ko‘ra, Boeing 737-500 uchog‘i Moskvaga parvozidan oldin Yerevandan uchib kelgan va reja bo‘yicha Qozondan keyin yana Armaniston poytaxtiga uchishi mo‘ljallangan.

"Tatariston" aviashirkati vakillari uchoq muntazam tekshirib turilgani va biror bir muammo aniqlanmagani haqida aytganlar. Shuningdek ularga ko‘ra, uchuvchilar katta tajribaga ega bo‘lganlar.

Biroq uchuvchilar qo‘nishga tayyor emasliklari haqida dispetcherlarga aytganlari biror bir texnika nosozligidan dalolat berishi mumkin, deb aytgan halokat oqibatlari bartaraf etish shtabi vakillaridan biri Rossiyaning "Interfaks" axborot agentligiga.

Guvohlarga ko‘ra, uchoq ikki bor qo‘na olmagan. Uchinchi marta uringanida esa bir qanoti yerga tegib, uchish yo‘lkasiga deyarli qulab tushgan va shu zahoti portlagan. Yong‘in ertalabga borib o‘chirilgan.

Qutqaruvchilarga ko‘ra, hamma jasadlar topilgan. Biroq jasadlar qattiq kuyib ketganidan ularning kimligini aniqlash uchun DNK tekshiruvi o‘tkazilishi kerak.

Boing shirkati ham halok bo‘lganlarning oilasiga taziya izhor qilgan.