Andijon hodisalarida ayblangan Tavakkalbek Hojiyev jasadi oilasiga qaytarilgan

Image caption Tavakkalbek Hojiyevning jasadi 16 noyabr kuni yaqinlariga qaytarilgan

2005 yil kuzida Andijon hodisalari yuzasidan mahkamaga tortilgan 15 kishidan biri Tavakkalbek Hojiyev qamoqxonada olamdan o‘tgan.

Uning jasadi 16 noyabr shanba kuni huquq-tartibot xodimlari tomonidan Andijondagi yaqinlariga qaytarilgan va zudlik bilan dafn etish buyurilgan.

Yaqinlarining da‘vo qilishicha, Tavakkalbek Hojiyev qiynoqlar natijasida olamdan o‘tgan.

Dafn oldidan mayitni yuvish payti ham qarindoshlari kiritilmagan.

Andijon hodisalari bo‘yicha o‘tgan mahkamada 15 nafar sudlanuvchi terrorchilik, odam o‘ldirish, kishilarni garovga olish, ta‘qiqlangan islomiy guruhlarga aloqadorlik doxil, o‘ttizdan ortiq ayblovlarga yuz tutishgan.

Jarayonda Tavakkalbek Hojiyevning ham iqrori tinglangan.

U O‘zbekiston Oliy sudidagi mahkamada 2005 yil 13 mayidagi Andijon voqealar ortidan Qirg‘izistonga qochib o‘tib, Suzoq jamlog‘ida bir oycha yashagani va so‘ng o‘z ixtiyori bilan O‘zbekistonga qaytganligini aytgan.

Biroq xorijdan boshpana topgan andijonliklar Qirg‘iziston hududidagi qochqinlar jamlog‘idan bir necha kishi O‘zbek maxsus xizmatlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgani, o‘z ixtiyorlariga qarshi O‘zbekistonga olib o‘tilganini aytganlar.

Akasi Dilshod Hojiyev so‘zlariga ko‘ra, Tavakkalbek Hojiyevni ham "Qirg‘iziston O‘zbekistonga sotgan".

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Image copyright AP

O‘zbekiston Oliy sudidagi mahkamada Tavakkalbek Hojiyev "Tohir Yo‘ldosh rahbarligidagi O‘zbekiston Islomiy Harakati bilan birga O‘zbekistonda islomiy davlat qurish maqsadida bo‘lganliklari", "odamlarni O‘zbekistondagi qonuniy hukumatga qarshi norozilikka chaqirganlari", "bu harakatlarida xalqaro tashkilotlar va xalqaro jurnalistlar dastagiga tayanganlari" haqida gapirgan va o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarga iqror bo‘lgan.

Boshqa sudlanuvchilar singari Tavakkalbek Hojiyevning ham suddagi ko‘rsatmasi davlat qoralovchilarining ayblov xulosalaridagi matnlaridan farq qilmagan.

Shuning uchun ham xalqaro tashkilotlar Andijon hodisalariga O‘zbekiston hukumati aybdor deb topib qamagan insonlarning haqiqiy aybdorligini shubha ostiga olganlar.

Yaqinlarining aytishicha, keyinchalik Tavakkalbek Hojiyev Oliy suddagi iqrorliklari qiynoqlar natijasi bo‘lganini aytgan.

2005 yil 14 may kuni Qirg‘iziston hududidan BBCga gapirgan Tavakkalbek Hojiyev quyidagilarni aytib bergandi:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi