Eronning Beyrutdagi elchixonasi yaqinida portlash ro‘y bergan

Image copyright BBC World Service

Sodir etilgan portlashda kamida yetti kishi o‘lgani xabar qilinmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, raketa hujumi yoki avtomashina o‘rnatilgan mina orqali portlash amalga oshirilgan.

Guvohlarning aytishicha, elchixona atrofidagi bir necha binolar jiddiy shikastlangan.

Eron Livanning "Hezbolloh" shia guruhini quvvatlab keladi.

Xezbolloh minglab jangchilarini Suriyada hukumat kuchlari tomonida turib isyonchilarga qarshi kurashishga yuborgan.

Shu boisdan Eronning Beyrutdagi elchixonasi hududi "Hezbolloh" bois nishonga olingani aytiladi.

Avgust oyining o‘rtasida ham Beyrutdagi kuchli portlashda 16 kishi qurbon bo‘lgan edi.