Prezident Aliyev kulgudan o‘zini zo‘rg‘a tiyib qoldi - video

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ukraina poytaxti Kiyevga bordi.

Bunday uchrashuvlar taomiliga ko‘ra, mehmon mamlakat rahbarini faxriy qorovul kutib oladi.

Ukraina prezidenti faxriy qorovuli rahbari o‘zining bosh kiyimini qilichi bilan urib tushirib yuborishiga bir bahya qoldi.

Ammo kapitan qurg‘ur ancha epchil ekan.

U ikkinchi qo‘li bilan shapkasini tutib qoldi.

Mehmon Prezident Aliyev va o‘zi bilan bunday g‘aroyib hodisalarga ko‘nikib ham qolgan Ukraina Prezidenti janob Yanukovich o‘zlarini kulgudan zo‘rg‘a tiyib qoldilar.

Sharhsiz video.