Turkiya Bosh vaziri qarorgohi tashqarisida "xudkush hujumchi" ushlandi

Image copyright Reuters

Turkiya politsiyasining ma‘lum qilishicha, mamlakat Bosh vaziri qarorgohi tashqarisida xudkush hujumchi, deya gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan.

Davlat matbuotining xabar berishicha, gumon ostidagi shaxsga qarata politsiya o‘q ochgan va jarohatlangan hujumchini kasalxonaga olib ketganlar.

Lekin Bosh vazir maslahatchisining Twitter da aytishicha, politsiya havoga qarab o‘q ochgan va hech kim jarohatlanmagan.

Xabar agentliklari orqali tarqatilayotgan videotasvirlarda Anqaradagi Bosh vazir offisi atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilgani aks etgan.

Anatolia davlat xabar agentligiga ko‘ra, portlovchi moddalarni o‘ziga osib olgan gumon ostidagi shaxs Bosh vazir offisiga kirishga harakat qilgan vaqti xavfsizlik xodimlari uni qo‘lga olganlar.

Agentlikka ko‘ra, portlovchi uskunalarga qarshi guruh mutaxassilari yetib kelgunlariga qadar uni ushlab turganlar.

Hodisa ro‘y bergan vaqti Bosh vazir Rajab Toyib Erdug‘on binoda bo‘lmaganligi aytilgan.