"O‘zbek to‘ylari kuyovsiz, hatto kelin-kuyovsiz o‘tmoqda"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekistonlik Blogger Toshpo‘lat Rahmatullayevning o‘z blogida yozishicha, Samarqandda kuyovsiz, hatto kelin-kuyovsiz to‘ylar ham bo‘lib o‘tayapti.

Jurnalist o‘zining "To‘y ma‘naviyati" rukni ostidagi maqolalarining so‘ngisida ana shu mavzuda yozgan.

Uning aytishicha, kuyov to‘yda ishtirok etgan taqdirda ham, chilla o‘tar-o‘tmas ularning chet mamlakatga ish izlab ketib qolishi hollari ko‘p uchraydi.

Odatda yigitning mehnat muhojirligiga ketishiga to‘yning o‘tkazilishi uchun sarflangan katta xarajat va qarzlarni qoplash zarurati sabab bo‘ladi.

"Buni to‘laqonli oila deyish qiyin. Yosh kelin xonadonga boradi, yangi xonadonning urf-odatlarini bilmaydi, u yerda xizmatkor bo‘lib qoladi", - deydi janob Rahmatullayev.

BBC blogger bilan ayni mavzuda suhbatlashdi.