London ajoyibotlari: velosipedchilarning o‘limiga qarshi

Image copyright PA
Image caption London velosipedchilarning o‘limiga qarshi

O‘tgan ikki hafta ichida Londonda oltita velosipedchi yo‘lda halok bo‘lishi ketidan 2,500 yo‘l nazorati bo‘yicha politsiya xodimi "shoshma-shoshar" soatlar davomida endi London ko‘chalariga chiqishadi.

"Xavfsiz Yo‘l" amaliyoti davomida shahar politsiyasi xodimlari 166 asosiy chorrahalarga joylashtirilib, yo‘l qoidalarini buzganlarga jarima solishadi.

Jumladan 25 noyabr dushanba kuni 650 zobit 60-ta nuqtani nazorat etmoqda.

Bu yilning o‘zida Londonda 14 velosipedchi halok bo‘lgan.

Zobitlarning nafaqat velosipedchilar, balki piyodalarga ham yo‘l qoidalari bo‘yicha yordam berishi kutilmoqda.

Ushbu amaliyot Milod bayramlariga qadar davom etadi.

O‘tgan hafta London meri Boris Jonson quloqchinlarni taqish "balo" ekanligini aytib velosipedchilar ularni taqmasligi haqida qaror qabul qilishini bildirgan edi.

Biroq BBCning London transporti bo‘yicha muxbiri Tom Edvardsning aytishicha politsiya maxsus dubulg‘ayu, yarqiroq kamzullari kiyishni tavsiya etmoqdamish.

Ba‘zilar "shoshma-shoshar" soatlarda yuk mashinalar harakatini to‘xtatish chaqirig‘i bilan chiqishgan.

London meri Jonson ham yo‘l xavfsizligini yaxshilash uchun 1 milliard funt mablag‘ sarflashini bildirgan.

Dushanba kuning o‘zida, o‘tgan to‘rt soat ichida zobitlar 70 yuk mashinasini to‘xtatib 15-tasiga jarima solishgan.

100-ta velosipedchi ham to‘xtatilib ogohlantirilgan.