Gulnora Karimova mamlakatni tark etishi haqidagi xabarlarni rad qildi

Image caption Twitterda shov-shuvli xabarlarni berib borayotgan Gulnora Karimova bu haqda o‘zi yozmagan

Karimova xonim Twitterdagi sahifasida o‘zini O‘zbekistonni tark etish niyatida ekanligi to‘g‘risidagi mish-mishlarni tasdiqlamadi.

"Men shu yerdaman. Hech qayoqqa ketganim yo‘q ,- deb yozdi followerlarining savoliga javoban.

"Hurmatli xabar agentliklari iltimos chop qilishdan oldin xabar nima haqda va kim tomonidan olinganini tekshirib, keyin e‘lon qiling. Ayniqsa birinchi manba turgan joyda!" - deb yozdi u shuningdek.

Shanba kuni O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova mamlakatni tark etishni rejalayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.

Karimovaga qarashli bo‘lgan "Terra Group" shirkatining ismi sir qolishini istagan boshqaruvchilaridan biri bu haqda Interfax agentligiga bildirgan.

Rossiyaning boshqa axborot agentliklari ham ayni mavzuda xabar tarqatdi.

Shu bilan birga Gulnoraga yaqin bo‘lgan kishi uning qaysi mamlakatga chiqib ketishi haqida bilmasligini aytgan.

Ovro‘po mamlakatlarining bir nechtasida Gulnora Karimovaga bog‘liq jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgani, Rossiyada MTS mojarolari bilan bog‘liq holat mavjudligi, Dubayda u bois quvg‘inga uchragani aytiladigan raqiblari borligi ayni vazitda Gulnora Karimova qaysi mamlakatga chiqib ketishi mumkin, degan savolni tug‘diradi.

Shov-shuvli xabarlarni berib borayotgan Gulnora Karimova o‘zi bu haqda yozmagan.

Uning Twitter sahifasi bir necha kun ichida yopilib yana paydo bo‘lib turgani ham sirli qolmoqda.

Ayni paytda Gulnora Karimova Twitterda yozishmalarini davom ettirmoqda.

Karimova Twitter blogida keyingi paytda O‘zbekistonning eng yuqori lavozimli rahbarlari to‘g‘risida shov-shuvli xabarlarni bergach, barcha axborot vositalarining diqqatini tortdi.

Gulnora Karimovaning twitlari prezident oilasi va O‘zbekiston siyosiy sahnasida nimalar bo‘layotganini ommaga bir qadar oshkor qila boshladi.

Boshqa xabarlarida Karimova xonim maxsus xizmatlardagi tahdidlar, qiynoqlar va ko‘rsatma olish uchun hatto o‘z ofitserlarini ham ayamasliklarini yozdi.

Tahlilchilarga ko‘ra, O‘zbekiston uchun kutilmagan bu oshkoraliklar siyosiy elita o‘rtasida raqobatning kuchayib borayotganligi va 75 yoshli Islom Karimovning o‘rniga kim kelishi haqidagi savol tobora dolzarb bo‘lib borayotganini ko‘rsatadi.

"Ular meni ovozimni o‘chirib, mamlakatdan chiqib ketishimni xohlashyapti", - deb yozgan edi Gulnora Karimova yaqindagina.

Gulnora Karimovaning mamlakatdan chiqib ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar ostida aslida nima bo‘lishi mumkin?

Bu to‘g‘risida turli farazlar aytilmoqda.

Londondagi mustaqil jurnalist Shohida Yoqub mazkur xabar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Fazliddin Yoqub, Breksville:

Yo'q, London emas Turkiya hayirlirok bolishi ehtimoli ko'proq. Chunki, Turkiyada insonni hidoyatga kelishi uchun ko'p qulayliklar mavjud. Yana O'zbeklarni yahshi koradigan yagona mamlakat Turkiyadur...

Ayrim ishonchli xabarlar uni allaqachon mamlakatda emas deyishyapti. Aytishlaricha Twitterda uning nomidan bir nechta yoshlar ish ko‘rishgan. Shulardan biri gretsiya fuqarosi yanis galanos, pul uchun hamma ishga tayyor media-piarshchik. Aslida bizning "malikamiz"ga shunaqalar kerak - gayane, madumarov va boshk. hozir Twitterda gugushamiz xaqida https://twitter.com/gulnara_protiv saxifasida qizg‘in fikrlar bildirilmokda. Agnostik.

twitter.com/gulnara_protiv "Muhokama juda ham qizg'in davom etmoqda. E'tiborlisi, barcha twitlar asoslar bilan keltirilmoqda. Cristiano Ronaldo