Suriya mojarosi: Ayollar "tahqirlashlar va qiynoqlar" nishoniga aylanmoqda

Image copyright other
Image caption Inson huquqlari tashkilotiga ko‘ra, Suriya mojarosida 6 mingga yaqin ayol zo‘rlangan

Suriyada borgan sayin ko‘proq ayollar hukumat kuchlari va qurolli guruhlar tomonidan zo‘rlanmoqda va qiynoqlarga tutilmoqda.

2011 yil mart oyida boshlangan mojaroda hozirga qadar 6 mingga yaqin ayol zo‘rlangan, deya xabar beradi Ovro‘po va O‘rta Yer dengizi Inson Huquqlari Tarmog‘i.

Guruh matbuot kotibi so‘zlariga ko‘ra, yomonotliq bo‘lib qolgan bu ayollar o‘z uylarini tart etishga majbur bo‘lmoqdalar.

Hisobotda ilova qilinishicha, ayollar va ularning fazandlari merganlar tomonidan hadafga olinmoqdalar.

20013 yil boshida tayyorlangan hisobot shifokorlar va zo‘rlangan ayollarning o‘zlari bilan bo‘lgan hisobotlarga asoslangan.

Unda keltirilishicha, mahkama qarorisiz hibsga olingan yoda o‘g‘irlab ketilgan yuzlab suriyalik ayollar davlat qamoqxonalarida turli xil qiynoqlarga tutilganlar.

"Ulardan ba‘zilari yo hukumat yoda muxolifat a‘zolariga aloqador bo‘lganliklari uchun ko‘p hollarda garovda ushlab turiladilar", - deydi Ovro‘po va O‘rta Yer dengizi Inson Huquqlari Tarmog‘ining matbuot kotibi, Hayet Segiche. - "Ular siyosiy muammolar tufayli ataylabdan nishonga olinmoqdalar".

"Yakkalab qo‘yilganlar"

Hisobotda qo‘shimcha qilinishicha, ayollarni garovga olish intiqom olish va mahbuslarni ozod etish strategiyasining bir qismiga aylangan.

Ommaviy tarzda zo‘rlash ko‘p hollarda ayollarni yakkalab qo‘yadi.

"Xalq orasida "yomonotliq" bo‘lgan ayollar o‘z makonlarini tark etishga majbur bo‘lishadi, o‘z uyini tark eta olmaganlar esa yakkalanib qolishadi", - deydi Zegiche xonim.

BMT hisobotiga ko‘ra, Suriya mojarosida 100 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan va 2 milliondan ortiq inson Suriyani tark etgan.

Dushanba kuni BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bor hukumat va muxolifat o‘rtasida ilk tinchlik muzokaralari 22 yanvar kuni Jenevada bo‘lib o‘tishini e‘lon qildi.

Uning aytishicha, "azobu uqubatlar va vayronagarchiliklarga nuqta qo‘yish uchun berilgan bu imkoniyatdan foydalanmaslik"ni kechirib bo‘lmaydi.