Ekzortsizm - jin haydash bilan shug‘ullanuvchilar soni ortayotgan mamlakatda

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Xudo bormi? Shayton-chi? Katolik cherkovi har ikkisi mavjudligiga ishonadi. Ayrim ruhoniylar hozir Meksikada iblisga qarshi katta kurash borayotganini aytishadi.

Ba‘zilar uchun bu g‘ayrioddiy tuyulishi mumkin, biroq ba‘zi ruhoniylar mamlakat Iblisning hujumi ostida ekanini da‘vo qilishadi. Ularga ko‘ra, ko‘proq iblisga, jinga qarshi ko‘proq kurash olib borilishi kerak.

Ruhoniylarga ko‘ra, bu hujumlar giyohvand moddalar bilan bog‘liq, insonlar o‘limi bilan yakun topuvchi zo‘ravonliklarda ko‘rinadi.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, 2006 yildan beri kamida 70, 000 inson hayotdan ko‘z yumgan. Ular orasida qurolli shaxslar, xavfsizlik kuchlari va begunoh oddiy odamlar bor.

Mazkur raqamlarda vahshiyliklar yashiringan. Yaqin yillarda mamlakat ko‘plab hududlarida maktabga ketayotgan bolalar jasadlari parchalari topilishi noodatiy hol emas. Yoki ayrim ko‘priklarda qaqshatqich qiynoqqa solingan insonlarning jasadlari osilgan turadi.

Cherkov ruhoniylari esa, mazkur holatlar ortida Iblis turganiga ishonadilar. Ayni manzarada esa, Meksikada ekzortsizm - jin haydash amallari, bu ish bilan shug‘ullanuvchilar soni ham ortgan.

Vladimir Hernandez ekzortsizm bilan shug‘ullanuvchi ruhoniylardan biri bilan uchrashgan.