Rossiya televizionida toqatbarorlik yoki "Golos"dagi turfa ovozlar

15 noyabr kungi tanlovni Karmen Moksi tark etdi Image copyright Channel One Russia
Image caption 15 noyabr kungi tanlovni Karmen Moksi tark etdi

Xalqaro televizion qo‘shiq tanlovi rossiyacha shakli juda ko‘p tomoshabinlar o‘ziga tortdi va tanqidchilar maqtovini ham oldi.

"Golos" qo‘shiq tanlovining yana bir muhim jihati bor. "Golos" Rossiya davlat telekanali aksar dasturlaridan keskin farq qilgan holda toqatbarorlik va entik turfa xillik namunasiga aylandi.

Ushbu musiqiy loyiha ikkinchi mavsumki, Birinchi kanaldan juma kuni kechda efirga uzatiladi. Millionlab tomoshabinlar qaysi qo‘shiqchi navbatdagi bosqichga o‘tishini ko‘rishni orziqib kutadilar.

Telesharhlovchi Arina Borodina "Golos"ni Rossiya televideniyasidagi "kamdan-kam uchraydigan, haqiqatda o‘ziga xos" tadbir deya ta‘rifladi.

Teletanlov nafaqat tomoshabinlar, balki interent foydalanuvchilari orasida ham shuhrat qozondi.

Ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ilk mavsum tataristonlik Dina Garipova uchun muvaffaqiyat olib kelgandi. Qariyb bir million tomoshabin uning uchun ovozi bergandi.

Dina Garipova keyin Shvetsiyada o‘tgan "Ovronigoh" ko‘rik tanlovida Rossiya nomidan ishtirok etdi va beshinchi o‘rinni egalladi.

Biroq, ko‘plab tomoshabinlar o‘tgan mavsumning haqiqiy yulduzi o‘zbekistonlik qo‘shiqchi Sevara Nazarxon bo‘ldi deya hisoblashadi.

Sevara Nazarxon frantsuzcha "Je T'aime" qo‘shig‘ini qoyilmaqom ijro etib ko‘plab muxlislarni hayratga solgandi.

Turfa madaniyatlar shousi

Image copyright Channel One Russia
Image caption YouTube portalida Nargiz Zokirova ijrosidagi "Scorpions" guruhining "Still Loving you" qo‘shig‘i 4 milliondan ortiq kishi tomonidan tomosha qilingan

"Golos"ning ikkinchi mavsumi yanada kosmopolit ko‘rinish olgan.

Ilk bosqichda eng ko‘p olqish olganlardan biri Nargiz Zokirova bo‘ldi. Asli o‘zbekistonlik, ammo keyin ko‘p yillar Amerikada yashagan, sochlari qirilgan va tanasini tatuirovka bilan bezagan ushbu qo‘shiqchi AQShdagi X-Factor qo‘shiq tanlovida ham ishtirok etgan.

YouTube portalida Nargiz Zokirova ijrosidagi "Scorpions" guruhining "Still Loving you" qo‘shig‘i 4 milliondan ortiq kishi tomonidan tomosha qilingan.

Yana bir ishtirokchi gurjistonlik 33 yoshli Gela Guraliya esa, ayol Twitter foydalanuvchilar orasida mashhur bo‘ldi.

15 noyabr kuni efirga uzatilgan bosqichda ko‘p madaniyatlilik ruhi yanada ko‘proq sezildi.

Avvaliga chechenistonlik Sharip Umxanov ruscha sevgi haqidagi qo‘shiqni kuyladi.

Keyin Ukrainada tug‘ilgan, hozir Sibirda yashovchi Yana Rabinovich yahudiycha My Yiddishe Momme ashulasi bilan chiqdi.

Nihoyat, Moskvada istiqomat qiluvchi qora tanli amerikalik Karmen Moksi 1960-yillarda mashhur bo‘lgan Stay With Me Baby qo‘shig‘ini ijro etdi.

15 noyabr kungi tanlovni Karmen Moksi tark etdi.

Ammo, u "Golos" bilan his-hayajonda xayrlashdi.

Karmen Moksi ingliz tilida barchaga minnatdorchilik bildirdi va Rossiya televideniyesi bilan ishlash "ajoyib tajriba" bo‘lganini qayd etdi.

"Toqatbarorlik" hammaga ham yoqayotgani yo‘q

Ammo, "Golos"dagi xalqaro muhit hammaga ham huzur berayotgani yo‘q.

Image copyright RIA Novosti
Image caption O‘tgan galgi g‘olib - Dina Gapirova

Ayniqsa, tanlovda rus qo‘shiqlari kam tanlanayotgani norozilikka sabab bo‘lgan.

"Endi ular Amerika madhiyasini kuylay boshlashadi. Nega bunday bo‘lmasin? Barcha qo‘shiqchilar aksar vaqtlarini Amerikada o‘tkazishgan va ingliz tilida qo‘shiq aytishadi", deb yozadi muxlislardan biri.

Taniqli teletanqidchi, "Novaya gazeta" muxolifat ro‘znomasidan Irina Petrovskayaga ko‘ra, manba‘lar unga hatto Rossiya parlamenti a‘zolari ham "Golos"ning "xalqaro repertuar"idan norozi to‘ng‘illashganini yetkazishgan.

Petrovskayaga ko‘ra esa, aynan etnik turfa xillik shouning kuchli taraflaridan biridir.

Uning yozishicha, shou tomoshabinlar dini tarbiyalash bilan birga toqatbarorlikni ham targ‘ib qiladi. Ayni paytda, u toqatlilik etikasi "uzoqni ko‘rmaydigan siyosatchilar va televideniyedagi shunga o‘xshash odamlar" bosimi ostida ekanidan gohlantiradi.

Irina Petrovskaya va boshqa qator tanqidchilar bunga misol qilib yana bir "Rossiya-1" davlat telekanalini misol qilib keltirishadi.

So‘nggi paytlar "Rossiya-1"da hamjinsbozlarni qoralash va noqonuniy mehnat muhojirlaridan qo‘rquvni urg‘ulashga qaratilgan dasturlar berilgan.