"Britan hukumati O‘zbekistonda diktaturani dastaklayapti"

Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi sobiq ko‘riqchisi Qayum Ortiqov rafiqasi Mohira Ortiqova Britaniya rasmiylariga murojaat bilan chiqqan.

Bu murojaatida erining O‘zbekistonda qiynoqlar qurboniga aylanganini aytgan Ortiqova xonim Britaniya hukumatini O‘zbekiston diktaturasiga yordam berayotganlikda ayblagan.

Toshkentdagi Britaniya elchisi sobiq xodimi Qayum Ortiqov O‘zbek huquq-tartibot organlari tomonidan Britaniya foydasiga josuslik qilishda ayblangan, uning qiynoqqa solingani BMTning qiynoqlar haqidagi hisobotida ham o‘rin olgan.

BBC O‘zbekistonni tark etishga majbur bo‘lgan Moxira Ortiqova bilan bog‘lanib, uning Britan hukumatini diktaturaga ko‘maklashayotgani haqidagi ayblovida qanday asoslar borligini so‘radi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi