Mandelani xotirlash marosimiga minglab kishilar yig‘ildilar

Image copyright Getty

Janubiy Afrikaning ilk qora tanli prezidenti Nelson Mandelani xotirlash uchun Yoxanesburgdagi stadionga minglab kishilar yig‘ilganlar.

Marosimda AQSh prezidenti Barak Obama, Kuba prezidenti Raul Kastro va BMT Bosh kotibi nutq so‘zlashlari rejalangan.

Shuningdek Nelson Mandelaning 4 nabirasi ham nutq so‘zlaydilar.

Stadion 95 ming kishiga mo‘ljallangan, ammo marosimda ishtirok etish xohishida bo‘lganlar bundan-da-ziyod ekanligi aytilgan.

Nelson Mandela o‘tgan payshanba kuni 95 yoshida olamdan ko‘z yumgandi.

Uning dafn marosimi kelgusi yakshanba kuniga rejalangan.

Bugungi xotirlash marosimi oxirgi yillarda jahon rahbarlarining eng ko‘p soni yig‘ilgan mahfallardan biri ekanligi aytilmoqda.

Marosim boshlanishidan avval odamlar yomg‘ir ostida bir necha soatlab navbat kutishdi.

BBC muxbiriga ko‘ra, odamlar sobiq prezidentlarining yorqin xotirasini qo‘shiq va raqslar bilan yodlamoqdalar.

Marosimda ishtirok etish kelgan Shahida Rouning aytishicha, Mandela tufayli uni inson sifatida qabul qila boshlaganlar shuning uchun unga o‘z minnatdorchiligini bildirish uchun kelgan.

Marosim to‘rt soatga yaqin davom etishi ma‘lum qilingan.

Nelson Mandelaning bevasi Grasa Mashel stadionga olqishlar ostida kirib kelgan.