Yoxanessburgda Mandelani xotirlash marosimi o‘tkazildi

Image copyright AFP

Bugun o‘tkazilgan xotirlash marosimi oxirgi yillarda jahon rahbarlarining eng ko‘p soni yig‘ilgan mahfallardan biri ekanligi aytilmoqda.

Yig‘ilganlar o‘ngida nutq so‘zlagan AQSh prezidenti Barak Obama butun boshli millatni adolat tomon ilgarilatgan shaxsning tarixdagi ulkan o‘rnini so‘zlarga solib tasvirlash mushkul ekanligini aytdi:

"Butun Janubiy Afrika xalqi, har bir tabaqa va har qanday irq vakiliga biz bilan Nelson Manedela merosini bo‘lishganlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Uning kurashi sizning kurashingiz edi. Uning g‘alabasi, sizning g‘alabangiz edi. Sizning demokratiyangiz uning qutlangan merosidir", dedi AQSh prezidenti Obama.

O‘z nutqini izhor etish uchun keta turib, janob Obama Kuba prezidenti Raul Kastro bilan qo‘l berib ko‘rishdi. Bu deyarli yarim asrdan beri ashaddiy raqib bo‘lib kelgan ikki mamlakat rahbari o‘rtasidagi tarixiy ramziy ong sifatida ko‘rilmoqda.

Image copyright Getty

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun esa o‘z nutqida buyuk jahon va janubiy afrikaliklar buyuk insonni yo‘qotganliklarini aytdi.

"Janubiy Afrika qahramonini , o‘z otasini yo‘qotdi. U bizning eng ulug‘ muallimlarimizdan biri edi. U o‘z namunasi bilan bizlarni o‘qitdi. U juda ko‘p narsalarni qurbonlik qildi, ozodlik va demokratiya uchun hamma narsasidan voz kechishga tayyor edi bmt bosh kotibi.

Image copyright Getty

BBC muxbiriga ko‘ra, odamlar sobiq prezidentlarining yorqin xotirasini qo‘shiq va raqslar bilan yodlamoqdalar.

Marosimda ishtirok etish kelgan Shahida Rouning aytishicha, Mandela tufayli uni inson sifatida qabul qila boshlaganlar shuning uchun unga o‘z minnatdorchiligini bildirish uchun kelgan.

Marosimda ishtirok etish uchun kelgan Nelson Mandelaning bevasi Grasa Mashelni yig‘ilganlar olqishlar bilan kutib oldilar.

Marhum Mandelaning sobiq rafiqasi Vinni Madkizela-Mandelani "Vinni, Vinni!" hayqiriqlari bilan qarshi olganlar. Ular ikkisi quchoqlashib, ko‘rishganlar.