Dunyoning eng yangi davlati - Janubiy Sudanda yana qurolli ixtilof

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Janubiy Sudan sobiq vitse-prezidenti Reyk Mashar davlat to‘ntarishi va yo bu kabi rejalarga aloqador ekani, yoki bu kabi rejalardan xabardor bo‘lganini rad etgan.

Uning BBCga aytishicha, poytaxt Jubada yakshanba kuni boshlangan zo‘ravonliklarga Prezident Salva Kir ma‘suldir.

U prezidentni o‘z muvaffaqiyatsizliklarini milliy nafrat uyg‘otib berkitish harakatida ayblagan.

O‘z navbatida janob Kir sobiq o‘rinbosarini harbiy to‘ntarish uyushtirishga urinishda ayblamoqda.

Yakshanba kuni boshlanib ketgan janglar ortidan esa, Jubadagi minglab odamlar o‘z uy-joylarini tashlab qochishga majbur bo‘lishgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarama-qarshiliklar ichki urushlarga yetaklashi mumkinligidan ogohlantirgan.

Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, janglar tufayli yuzlab insonlar hayotdan ko‘z yumgan.

Shuningdek, BMT Jubadagi qarorgohiga 20 mingga yaqin odam bosh urganini aytgan.

Tahlilchilarga ko‘ra, dunyoning eng yangi mamlakatini parchalanish xavfi ostiga qo‘yayotgan to‘qnashuvlar ildizi o‘tmishdagi o‘zaro adovatlarga borib taqaladi.