Ming chaqirimdan sochni ilg‘aydigan observatoriya samoga yo‘l oldi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ovro‘po o‘zining Gaya satellitini fazoga uchirdi. 740 million yevro sarflangan observatoriya Janubiy Amerikadagi Frantsuz Gayanasida joylashgan Sinnamari majmuasidan mahalliy vaqt bilan 06:12da ko‘tarildi.

Ovservatoriya samoga chiqqach milliarddan ortiq yulduzlarning aniq joylashuvi va ularga bo‘lgan masofani xaritalashtiradi.

Bu insoniyatga Somon yo‘li galaktikasi qanday tuzilganining ilk realistik suratini ko‘rishga imkon beradi.

Gaya shunchalar qudratliki, u 1000 chaqirimlik masofadan soch tolasini ham aniq ko‘ra olishga qodir. U avval hech kim ko‘rmagan yangi sayyoralar va asteroidlarni ham qayd qilishi kutiladi.